Mars IT School
Bolalar dasturlash va robototexnikani loyihalar yaratib oʻrganadi. Ular baho oʻrniga harakati uchun tangalar yigʻadi, hakatonlarda qatnashadi va sohada ishlaydigan murabbiylar bilan oʻqiydi. 2025 yilda biz ikkita maktabni, Juniorcode va Robot Machines’ni sotib oldik va ularning oʻqituvchilarini saqlab qoldik.
2026 yilda CEO boʻlgach, Marsni AI-first darslarga oʻtkazdim. Bolalar agentlar bilan birga loyiha yaratadi va ishlarini marshub.uz saytida eʼlon qiladi. U yerda hozir 200 dan ortiq oʻquvchi loyihasi ishlab turibdi. Sinfda bitta qoida bor: AI savol beradi, tayyor javob bermaydi.






